Farg‘ona viloyati. Sher bolasi hayvonot bog‘iga topshirildi
20.
05. 2021
10:54
4650
Ekanadzor

Ma’lumki, ijtimoiy tarmoqlarda «Sherni uyda boqish mumkinmi?» nomi bilan tarqalgan videolavhadagi holat Farg‘ona viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Qo‘qon shahar davlat inspektorlari tomonidan nazoratga olingan va o‘rganish olib borilayotgan edi. O‘rganishlar davomida sher bolasini saqlayotgan xonadon egalari hayvonlarni saqlashga oid tegishli hujjatlarni taqdim qila olmadi.

Shundan so‘ng kuni kecha, ya’ni 2021 yil 19 may kuni Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasining Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bo‘limi xodimlari, Qo‘qon shahar inspektorlari tomonidan sher bolasi Farg‘ona shahrida joylashgan hayvonot bog‘iga topshirildi. Alohida maxsus tayyorlangan qafasga joylashtirilib, dalolatnoma rasmiylashtirildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar