Kun.uz saytida e’lon qilingan holatda kesilgan daraxtlar Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining 2021 yil 23 martdagi 01/19-308 sonli xulosasiga asosan zararlangan teraklarni sanitar-tozalash va shakl berish bilan bog‘liq. Mazkur holatda O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarining buzilishi aniqlanmadi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Chirchiq shahar inspektsiyasi xodimlari tomonidan hudud aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovda ular qurigan daraxtlar kesilganligi yuzasidan hech qanday e’tirozlari yo‘qligi hamda zararlangan teraklar olib tashlanganligi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirgan.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati