WWF bilan hamkorlik uchrashuvi
17.
03. 2021
12:04
5173
Yangiliklar

2021 yil 16 mart kuni Davlat ekologiya qo‘mitasida Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasining (WWF) Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Grigoriy Mazmanyants va Markaziy Osiyoning tog‘li hududlarida bioxilma-xillikning asosiy hududlarini muhofaza qilish dasturi rahbari Elizaveta Protas bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida WWF tomonidan O‘zbekiston Respublikasida Buxoro bug‘usini yangi hududlarga ko‘chirish sohasida hamkorlik qilish va Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda WWF o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Bitimni imzolash masalalari muhokama qilindi.

Hozirgi vaqtda WWFning Markaziy Osiyo tog‘li hududlarida bioxilma-xillikning asosiy hududlarini muhofaza qilish dasturi Markaziy Osiyo davlatlarida, xususan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston hamda Afg‘onistonda amalga oshirilmoqda. 2020 yildan buyon WWF tomonidan O‘zbekistonda 3 loyiha moliyalashtirilgan va yana 2 ta loyihani moliyalashtirish rejalashtirilmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar