Toshkent shahridagi «EKO BOG‘» daraxt ekish aktsiyasi bo‘lib o‘tmoqda
13.
02. 2021
14:26
5807
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston ekologik partiyasi hamkorligida tashkillashtirilgan ushbu tadbirda keng jamoatchilik va ko‘ngillilar ham ishtirok etishmoqda.

Poytaxtimizning Mirzo-Ulug‘bek tumani hududida joylashgan «Eko bog‘»da turli xil mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda. Ko‘ngillilar orasida ko‘plab san’at namoyondalari, xalqimizning sevimli san’atkorlari ham aktsiyada ishtirok etib, ona tabiatimiz go‘zalligi va atrof muhit musaffoligiga o‘zlarining munosib xissalarini qo‘shishmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar