Yoshlar bilan uchrashuv
10.
02. 2021
10:51
5245
Yangiliklar

Bugun mamlakatimizda navqiron avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga keng imkoniyat va sharoit yaratish borasida izchil islohotlar amalga oshirilayotgani hech kimga sir emas. Bunda yoshlarning qiziqishlari, taklif va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga jiddiy e’tibor berilmoqda. Vazirlik va idoralar mutasaddilarining faol yigit-qizlar bilan ochiq muloqot qilishga alohida vaqt ajratayotgani ham muhim ahamiyatga ega bo‘lishi tabiiy.

Kuni kecha Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirga Toshkent shahri va viloyatida tizim tashkilotlarida mehnat qilayotgan yosh mutaxassislar taklif etildi. Ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida" 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan hujjatda ko‘zda tutilgan vazifalar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyovning 2020 yil 25 dekabr kuni Yoshlar forumidagi murojaatining dolzarb ahamiyati xususida so‘z yuritildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari I. Boqijonovning yoshlarni rasmiyatchilikdan xoli, samimiy suhbatga chorlashi yigit-qizlarning o‘z fikr-mulohazalarini emin-erkin ifodalashiga zamin yaratdi. Ular tashabbuslarni dadil ilgari surdilar, o‘zaro bahslashdilar. Qo‘mita rahbariyati esa, o‘z navbatida, bilimdon va o‘z ustida tinimsiz ishlaydigan shijoatli yoshlarni tizimdagi mas’ul lavozimlarga ishga joylashtirish taklifi bilan chiqdi. Davlatimiz rahbari olib borayotgan siyosat tufayli bugun yoshlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish tom ma’noda birinchi darajali vazifaga aylangani qayta-qayta ta’kidlandi.

Ochiq muloqot qatnashchilari bunday tadbirni tez-tez o‘tkazib turishga kelishib oldilar.

Yoshlar bilan uchrashuv

Yoshlar bilan uchrashuv

Yoshlar bilan uchrashuv

Yoshlar bilan uchrashuv

Yoshlar bilan uchrashuv

Yoshlar bilan uchrashuv

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar