Davlat ekologiya ko‘mitasi raisi Qoraqalpog‘iston yoshlari bilan uchrashdi
09.
02. 2021
13:32
6108
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyovning 2020 yil 25 dekabr kuni Yoshlar forumida yoshlarga qilgan murojaati hamda kelgusidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan Davlat Ekologiya qo‘mitasi raisi Alisher Maksudov rahbarligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida kelgusida ekologiya sohasida xizmat qilish mas’uliyati, xodimlarga yuklatilgan vazifalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tildi. Qo‘mita yoshlari tomonidan 100ga yaqin takliflar berildi.

Samimiy va ochiq o‘tgan uchrashuvda rais tomonidan berilgan ko‘rsatma va tavsiyalar xodimlarning o‘zlariga bo‘lgan ishonchni yanada mustakamladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar