Davlat ekologiya qo‘mitasida Jahon suvli-botqoqli hududlar kuni munosabati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
03.
02. 2021
12:31
5295
Yangiliklar

Kuni kecha Davlat ekologiya qo‘mitasi Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bosh boshqarmasida Jahon suvli botqoqli hududlar kuni munosabati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

2021 yilda kun mavzusi: Suvli-botqoqli hududlar va suv (Wetlands and water) bo‘lib, ular bir-biridan ajralmas hayot uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi mazkur konventsiyaga 2002 yilda a’zo bo‘lgan. Mamlakatimiz hududida joylashgan Dengizko‘l, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hamda o‘tgan 2020 yilda Quyimozor va To‘dako‘l Ramsar konventsiyasi ro‘yxatiga kiritilgan.

Uchrashuv davomida mamlakatimizdagi suvli-botqoqli hududlarda biologik xilma-xillik monitoringi, suvli-botqoqli hududlarda suzuvchi qushlarning qishki hisobi yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Jahon suvli-botqoqli hududlar kuni munosabati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Jahon suvli-botqoqli hududlar kuni munosabati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar