Qor qoplonini muhofaza qilish bo‘yicha loyihaning 2020 yil yakunlari
16.
12. 2020
11:07
5456
Yangiliklar

Joriy yilning 15 dekabr kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi, BMT Taraqqiyot Dasturi va Global Ekologik Jamg‘armasi «Global ahamiyatga ega bo‘lgan bioxilma-xillikni muhofaza qilish maqsadida muhim tog‘li hududlarda o‘rmonlardan va tabiat resurslaridan barqaror foydalanish va boshqarish» qo‘shma loyihasi Muvofiqlashtiruvchi kengashning to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, loyiha milliy koordinatori N.Oblomuradov va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Doyna Muntyanu ochib berdilar.

Uchrashuvda 2020 yil uchun loyiha faoliyati natijalari taqdim etildi, shuningdek, loyihaning strategik rivojlanishi, yangi tashabbuslarni ilgari surish va 2021 yilga mo‘ljallangan ish rejasi muhokama qilindi. Uchrashuv so‘nggida 2021 yilga mo‘ljallangan yillik loyiha rejasi va Muvofiqlashtiruvchi kengashning to‘rtinchi yig‘ilishining qarori tasdiqlandi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar