Sanitar tozalash sohasi xodimlari uchun seminar
09.
10. 2020
17:25
5665
Yangiliklar

Davlatimiz rahbarining joriy yil 10 avgust kuni mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish va aholi salomatligini saqlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, shuningdek, mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash va ekologik xavfsizlikni ta’minlash, sanitar tozalash sohasini yanada rivojlantirish, kadrlar malakasini oshirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.

Maxsus avtotransport haydovchilarining malakasini muntazam oshirib borish bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv reja va dasturi asosida Qo‘mita huzuridagi Atrof muhitni muxofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan joriy yil sentyabr oyidan boshlab Toshkent viloyati «Toza hudud» DUKda faoliyat yuritib kelayotgan maxsus avtotransport haydovchilarini ishdan ajralmagan holda joylarda malakasini oshirish kurslari tashkil etilmoqda.

Ayni damda Davlat ekologiya qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari bilan hamkorligida chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar uchun mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlaridagi transport yo‘nalishidagi kollejlar hamda «Mono markaz» lar imkoniyatidan beg‘araz foydalanish bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

2020 yil 9 oktyabr kuni mazkur o‘quv kursi yakunlari bo‘yicha o‘z malakasini oshirgan soha mutaxassislariga sertifikatlar taqdim etish doirasida chiqindilarni qayta ishlash, sanitar xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020 yil 29 sentyabrdagi qarori mazmun-mohiyati, belgilanlangan vazifalar tushuntirildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


Foydali manbalar