Davlat ekologiya qo‘mitasi jamoasi tabriklaydi!
26.
09. 2020
11:50
5524
Yangiliklar

Davlatimiz rahbari farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Shavkatjon Abdurazzoqovni Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganligi bilan tabriklaymiz. 

Sh.Abdurazzoqov Davlat ekologiya qo‘mitasiga rahbarlik qilgan davrda qo‘mitaga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda, yangi tashabbuslarni joriy etishda hamda ekologiya va atrof muhitga oid dolzarb masalalarni keng jamoatchilik bilan birgalikda hal etishda barchaga o‘rnak bo‘ldi. 

Alohida ta’kidlash lozimki, maishiy chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish, sohaga davlat-xususiy sheriklik loyihalarini joriy etish va xizmatlar qamrovini oshirish bo‘yicha muhim yangi tashabbuslarni boshlab berdi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi jamoasi nomidan Shavkatjon Abdurazzoqovni mas’uliyatli lavozimdagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar