Dehqonobod kaliy zavodi 855 million so‘m kompensatsiya to‘laydigan bo‘ldi
21.
08. 2020
11:18
5499
Ekanadzor

Dehqonobod kaliy zavodi 2018-2020-yillardagi faoliyati davomida atrof-muhitga keltirgan zarari uchun qo‘shimcha 855 million 500 ming so‘m kompensatsiya to‘laydigan bo‘ldi. Bu haqda tuman ekologiya inspektsiyasi boshlig‘i O‘ktam Jo‘lliev ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Prezident huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning 2020 yil 4 iyundagi «Dehqonobod kaliy zavodi» AJ da tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan. Shunga ko‘ra, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining 2020 yil 12 iyun kuni «Dehqonobod kaliy zavodi» AJ da tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga oid qonun va qonunosti hujjatlari talablari ijrosi ta’minlanishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazish haqida buyruq chiqarilgan.

Dehqonobod tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiya boshlig‘i O‘ktam Jo‘llievning ma’lumot berishicha, zavod 2018 yilda 10 million 107 ming so‘m, 2019 yilda 6 million 962 ming so‘m, 2020 yilning o‘tgan davri uchun esa 2 million 698 ming so‘m kompensatsiya to‘lagan.

«Endilikda jamiyat shu to‘lovlarga qo‘shimcha yana 855 million 500 ming so‘m kompensatsiya to‘laydi», — deydi O‘ktam Jo‘lliev.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 

Foydali manbalar