Surxondaryo viloyati. Daryo o‘zaniga «tajovuz» qilgan shaxslar qo‘lga tushdi
15.
08. 2020
12:00
4998
Ekanadzor

Surxondaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda Sariosiyo tuman inspektsiyasi davlat inspektorlari Sariosiyo tumanidagi Obizarang daryosi qirg‘og‘idan qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olayotgan uch nafar fuqaroni ushladi.

O‘zlariga tegishli texnikalar yordamida tabiatga zarar yetkazgan J.Ziyodullaev, S.Nasimov va R.Rahmonov (ism-shariflar o‘zgartirildi)lar daryolarning o‘zanlarini tozalashga va qirg‘oqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzgani aniqlanib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 70-moddasi 1-qismiga asosan J.Ziyodullaevga 3 million 345 ming so‘m, S.Nasimov va R.Rahmonovlarning har biriga 2 million 230 ming so‘mdan jarima chorasi qo‘llanildi. Shunday qilib, qonunbuzarlar bu qilmishi uchun jami 7 million 805 ming so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi.
 

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA

Manba: http://uza.uz/oz/society/darye-zaniga-tazhovuz-....

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar