Davlat ekologiya qo‘mitasi vakillari Toshkent metallurgiya zavodida bo‘lishdi
14.
07. 2020
09:54
5887
Ekanadzor

Joriy yil 7 iyun kunida bo‘lib o‘tgan «O‘zmetkombinat» AJ rivojlantirishiga bag‘ishlangan 28-sonli yig‘ilish bayonining.

21-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, yirik sanoat korxonalarida Toshkent metallurgiya zavodi misolida ekologiya va atrof-muhitni boshqarish tizimlarini joriy qilish yuzasidan joriy yilning 13 iyulida Davlat ekologiya kumitasi raisi birinchi o‘rinbosari Narzullo Oblomurodov va ekspert guruxi hamda Toshkent metallargiya zavodi bosh direktori Zafar Tuychiev va zavodning mutaxssislari bilan birgalikda o‘rganib chiqilib, kelgusida kilinadigan ishlar buyicha kelishib olindi. O‘rganish natijasida Toshkent metallurgiya zavodi nafaqat poytaxtda, balki butun respublikada ekologik talablariga rioya qiladigan korxonalardan biriga aylanishi va atrof-muhitga ta’sirni tartibga solishning zarur usul va vositalaridan foydalaniladigan mahsulot bo‘lishi to‘g‘risida gapirildi.

Sovuq prokladkalar ishlab chiqarishda zamonaviy gaz uskunalari, atmosferaga zararli moddalarning chiqishini sezilarli darajada kamaytiradigan chiqindi gaz yoqilg‘isi bilan jihozlangan eng yangi texnologik uskunalar qo‘llanilishi ko‘rib chiqildi. Mazkur yo‘nalishlardan ekologiya tomonidan atmosfera, davlat ekologik ekspertiza, ekologik sertifikat, monitoring qilish masalalarida ekspertlar tomonidan maslaxatlari berildi.

Ma’lumot uchun: Ushbu zavod 2017 yil aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va xorijiy investor ishtirokida «Toshkent metallurgiya zavodi qurilishi» investitsiya loyihasini doirasida «Toshkent Metallurgiya Zavodi» MChJ QK tashkil etildi. Ushbu zavod O‘zbekistondagi eng yirik va zamonaviy sanoat korxonalaridan biri xisoblanadi.
 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar