Jizzax viloyati. Profilaktika tadbirlari tavom etmoqda.
06.
07. 2020
19:31
6728
Ekanadzor

Jizzax viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Paxtakor tuman inspektsiyasi tomonidan joylarda daraxt va butalarning qimmatbaho navlarini kesilishining oldini olish yuzasidan profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

O‘tgan hafta davomida tuman inspektorlari tumanning «Dilorom», «Toshkent», «Do‘stlik», «Paxtakor» MFY aholisi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5863-sonli «2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish Kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmonining mazmun mohiyatini tushuntirish bo‘yicha davra suhbatlar uyushtirishdi.

Shuningdek, daraxtlar shoxlarini o‘zboshimchalik bilan butagan fuqarolarga moratoriy yuzasidan tushunchalar berildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar