Navoiy viloyati. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan murojaat o‘rganildi
02.
07. 2020
18:59
5550
Ekanadzor

2020 yil 1 iyul kuni «Telegram» ijtimoiy tarmog‘idagi murojaat Navoiy viloyati Karmana tumani Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspektsiyasi inspektorlari tomonidan joyiga borib o‘rganildi.

O‘rganish davomida «Karmana obod Do‘stlik» xususiy uy joy maishiy shirkat boshqaruvchisi A.G‘aniev Karmana tuman «Kumushkon» MFY hududida joylashgan ikki qavatli uylarning 5 uy atrofiga maishiy suyuq chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlaganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 91-moddaning 1-qismi bilan 669 000 so‘m miqdorda jarima belgilanib ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

O‘z hududingizni ozoda, pokiza saqlang! O‘zingiz va oila a’zolarinngiz salomatligiga, shuningdek ko‘chalar, hovlilar, ko‘p qavatli uylar atroflarini pokiza saqlanishiga g‘oyatda e’tibor bo‘ling.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar