Tabiatni muhofaza qilish uchun xalqaro moliya tashkilotlari jalb etilmoqda
22.
06. 2020
18:48
8503
Yangiliklar

2020 yil 22 iyun. Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Shavkat Abdurazakov va BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy koordinatori Viorel Gutu o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida Global ekologik jamg‘arma tomonidan O‘zbekiston uchun umumiy qiymati 6,75 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan - «Tabiiy resurslarni barqaror boshqarish, yerdan foydalanish va degradatsiyaga uchragan ekotizimlarni tiklash» loyihasi ma’qullanganligi ma’lum qilindi.

Mazkur loyiha Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda FAO o‘rtasidagi ilk loyiha bo‘lib, uning doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida yerdan foydalanish va degradatsiyaga uchragan ekotizimlarni tiklash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish tadbirlarini amalga oshirish belgilangan.

Muloqot yakunida ikkala tomon o‘zaro samarali hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, soha bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.


 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar