Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi Uchtut qishlog‘ida uzoq yillik uch tup tut daraxti bor. Qishloq nomining kelib chiqishi ham eski yo‘l bo‘yidagi ushbu zabardast qadimgi tut daraxtlari bilan bog‘liq ekan.
Rivoyatlarga ko‘ra, o‘tmishda 3 ta tut daraxti nihollari sultonlar avlodidan bo‘lmish Zinnatbibi tomonidan o‘tqazilgan ekan. Bu daraxtlar hozirgi kunda ham bor. Mahalliy aholi hamda qo‘shni viloyatlardan sayyohlar ushbu azim daraxtni ko‘rish, qadimiy qishloqni ziyorat qilish uchun tez-tez tashrif buyuradi.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA
Manba: http://uza.uz/oz/photo/fotosaye-at-uchtut-...
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati