Murojaatlar o‘rganilmoqda
12.
06. 2020
12:11
6669
Ekanadzor

Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining ishonch telefoni hamda ijtimoiy tarmoqlarda shahrimizda daraxt kesilishi yuzasidan murojaat kelib tushdi. Unga muvofiq, joriy yilning 10 iyun sanasi kech soat 23:30 lar atrofida poytaxtimizning, Mirobod tumani «Temiryo‘lchilar» mahallasining Temiryo‘lchilar – Sarikul ko‘chalari chorrahasida noqonuniy daraxt kesilayotganligini shu mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar bayon etishgan.

Nazorat inspektsiyasi inspektorlari vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida zudlik bilan voqea joyiga yetib borishdi. O‘rganishlar natijasida Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan bu joyga qo‘shni Ozarbayjon Respublikasi sobiq Prezidenti siyosat arbobi Gaydar Aliev byustini o‘rnatish va atroflarini obodonlashtirib sayilgoh tashkil etish rejalashtirilganligi aniqlandi. Ushbu ishlar bo‘yicha maxsus komissiya xulosasiga ko‘ra yo‘lni kengaytirish va qurilish ostiga tushgan daraxtlarni ko‘chirish taklifi kiritilgan. Unga muvofiq, boshqarmaning xulosasi hamda Toshkent shahar hokimining xatiga asosan qurilish ostiga tushgan 3 ta shumtol daraxtini Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan belgilab berilgan Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 80 uy yonida mavjud maydonga ko‘chirib o‘tkazish ishlari amalga oshirilgan. Biroq, bu ishlarni amalga oshirish jarayonida daraxtlarga qisman shikast yetkazilganligi aniqlandi.

Ayni damda nazorat inspektsiyasi inspektorlari tomonidan bu holatga oydinlik kiritilmokda. Ko‘chirib o‘tkazilgan daraxtlarni muntazam ravishda sug‘orish va parvarish qilish Obodonlashtirish boshqarmasi zimmasiga yuklatildi.
 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar