Buxoro viloyati: «Tozalik Madaniy ATI» MChJga tashrif
11.
06. 2020
18:37
6283
Yangiliklar

Qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash tizimini samarali tashkil etish, chiqindilarning fuqarolar sog‘lig‘i va atrof-muhitga zararli ta’sirini bartaraf qilish asosiy ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Hozirda ixtisoslashgan klasterlarni tashkil etish, sohadagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi.

2020 yil 11 iyun kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Shavkat Abdurazakov Buxoro viloyatiga tashrif doirasida Romitan tumanidagi «Tozalik Madaniy ATI» MChJ faoliyati bilan tanishib chiqdi.

Tadbirkor tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni saralash, kayta ishlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi, faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar