Samarqand viloyati: Munosabat
09.
06. 2020
18:21
5599
Ekanadzor

Ijtimoiy tarmoqlarda «Toza hudud» DUK korxonasi Samarqand viloyati Jomboy tumani mahallalaridan chiqindilarni olib chiqib ketmayotganligi, ko‘chalarda maishiy chiqindilar to‘planib qolganligi to‘g‘risida xabar joylashtirilgan.

Mazkur holatni o‘rganish maqsadida Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda «Toza hudud» DUK xodimlari Kattaqishloq mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli «Qoraqishloq», «Sarichashma», «Saroy», «Dehqonobod», «Zarafshon» mahallalarida bo‘lishdi.

Ayni vaqtda tumanda 38 ta MFY mavjud bo‘lsa, Jomboy «Toza hudud» DUK ma’muriyati tomonidan 25 ga yaqin MFYlarida jami 13 dona maxsus texnika vositalari xizmat ko‘rsatadi.

Holat yuzasidan hudud ko‘zdan kechirilganda to‘planib qolgan chiqindixonalar aniqlanmadi. Mahalla fuqarolari bilan suhbat o‘tkazilganda esa sanitar xizmat bo‘yicha e’tirozlarning mavjud emasligi, o‘tgan haftadagina grafikda o‘zgarishlar sabab kechikishlar bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.
 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar