Murojaat joyiga chiqib o‘rganildi
09.
06. 2020
17:47
5603
Ekanadzor

2020 yil 1 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent tsement zavodi faoliyatining atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani, shovqin, shamol ta’sirida chang ko‘tarilishi kabi aholi e’tirozlari bayon etilgan post joylashtirildi.

Holat Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Sergeli tumani hokimligi, Tadbirkorlar murojaatlari bo‘yicha tashkil etilgan O‘zbekiston Bosh vazirining Sergeli tumani bo‘yicha qabulxonasi tomonidan to‘liq o‘rganildi.

O‘rganish natijalari tsement zavodining aholi yashash joyiga yaqin masofada qurilgani, haqiqatan chang, shovqin borligi, sanitariya talablariga javob bermasligini ko‘rsatdi.

Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi sud organlari tomonidan tegishli xulosalar taqdim etilguniga qadar tsement zavodi rahbariyatiga atrof muhitni tozalash, obodonlashtirish, hududni tartibga keltirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar