O‘zbekiston «Qizil kitobi»ga qancha turlar kirgan?
08.
06. 2020
16:05
5620
Yangiliklar

Mamalakatimiz tabiati biologik xilma-xillikka boy bo‘lib, hozirgi kunda umumiy holda 12 772 turdagi o‘simlik dunyosi ob’ektlari bor.

Shundan 4 374 dan ortiq yuksak o‘simliklar, 2 102 dan ziyod zamburug‘ turlari va 2 548 turdan ortiq suv o‘tlari, 500 lishayniklar, 2 000 turdagi bakteriyalar, 822 tsianobakteriyalar va 300 viruslar mavjud.

Respublikamiz hayvonot dunyosining taxminiy soni 16 000 ga yaqin turni tashkil etadi. Jumladan, sut emizuvchilar - 97, yirtqichlar - 37, tuyoqlilar - 24, qushlar - 424, reptiliyalar - 59, ilonlar - 18 (shundan, zaxarlilar - 5), baliqlar - 83, umurtqasizlar - 12 670 turni tashkil etadi. Shundan, O‘zbekiston Qizil kitobiga kirgan turlar 184 turni tashkil etadi.

Xalqaro SITES Konventsiyasi ro‘yxatiga sut emizuvchilarning 11, qushlarning 59, reptiliya va baliqlarning 8, umurtqasizlarning bitta turi kiritilgan.
 

«Yangi O‘zbekiston» Tahririyati

Manba: https://yuz.uz/news/ozbekiston-qizil-kitobiga...

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar