Toshkent viloyati: «Ohangaron» chiqindi poligoni tartibga keltirilmoqda
02.
06. 2020
11:20
6953
Ekanadzor

Yoz mavsumida havoning isishi oqibatida «Ohangaron» chiqindi poligonidan chiqayotgan kishi tabini xira qiladigan xid va tutun Toshkent-Farg‘ona yo‘lidan o‘tuvchi yo‘lovchilar va Ohangaron aholisining e’tiroziga sabab bo‘lib kelayotgan edi.

Bu masalani bartaraf qilish maqsadida Davlat ekologiya qo‘mitasi bevosita «Ohangaron» chiqindi poligonida maxsus shtab tashkil qildi va 22 ta samosval, 2 ta avtoyuklagich va 5 ta buldozer jalb qilib, yong‘in chiqishi mumkin bo‘lgan hududlarda ko‘mish ishlarini olib bordi.

«Ohangaron» chiqindi poligoni Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan alohida nazoratga olindi.
 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar