Biz tabiat resurslaridan ayovsiz foydalanib, yashash uchun muhim bo‘lgan joylarni buzar ekanmiz, ko‘p turlar yo‘qolib ketish xavfi ostida qolib ketadi. Antoniu Guterrish? BMT Bosh kotibi, 2020 |
||
Bugun Xalqaro biologik xilma-xillik kuni!
Biologik xilma-xillik – bu alohida turlar yohud umumiy ekotizimlar xilma-xilligi, insoniyat salomatligi va farovonligi uchun hayotiy muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur kun 2001 yil 22 may kunidan boshlab jahonning qator mamlakalarida keng nishonlab kelinadi. Mazkur sana BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1995 yil Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konventsiya a’zo tomonlarining anjumani tavsiyalari asosida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi ham o‘zining barqaror rivojlanishi uchun bioxilma-xillik resurslari muhimligini tan olgan holda, 1995 yilda ushbu xalqaro konventsiyaga qo‘shildi.
2020 yil mazkur kun mavzusi - «BARChA MUAMMOLAR YeChIMI TABIATDA!». Kun mavzusi atrof muhitni muhofaza qilish hamda u bilan uyg‘un holda yashash bo‘yicha butun dunyo ahaolisi sa’y – harakatlarini birlashtirishga imkon beradi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati