Jizzax viloyatida «Brakonerlikka qarshi kurash oyligi» uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda
18.
05. 2020
12:43
6088
Ekanadzor

Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Prokuratura, IIB, Milliy Gvardiya, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi suv ob’ektlarini muhofaza qilishga ixtisoslashtirilgan tezkor guruhi, ekologik nazorat inspektsiyasi va Bioxilmaxillik bo‘limi xodimlari tomonidan joriy yilning 16 may kuni «Qili» kanali, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi «Tuzkon» bo‘limiga quyilish qismida o‘tkazilgan «To‘r» nomli qo‘shma reyd-tadbiri davomida Arnasoy tumani «Chinobod» MFYda yashovchi Toshkent viloyati Bekobod tumanida tug‘ilgan B.T. ismli fuqaro boshqaruvida bo‘lgan «Dasam» rusumli avtomashina shubha ostida to‘xtatiladi. Mazkur transport vositasida haydovchidan tashqari yana ikki kishi borligi aniqlanadi.

Shuningdek, avtomashina saloni ko‘zgan kechirilganda hech qanday hujjatlarsiz jami 6 dona, shundan 1 dona amur, 2 dona sazan, 3 dona tolstalob balig‘i, 1 dona elektr qarmoq, 4 dona akkumlyator, 2 dona rezina qayiq, 4 dona qayiq eshkagi, 2 savatcha, 2 dona rezina qayiq nasosi borligi aniqlanadi.

Huquqbuzarlarga nisbatan tegishli tartib rasmiylashtirilib,hozirda to‘plangan hujjatlar huquq-tartibot organlariga jo‘natilmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar