Sirdaryo viloyati: Brakonerlikka qarshi kurash oyi – noqonuniy baliq ovi tafsiloti
14.
05. 2020
12:11
5325
Ekanadzor

So‘nggi yillarda ekologiyani muhofaza qilishga qaratilayotgan e’tibor tufayli tabiatning mo‘‘jizakor ne’matlarini saqlash, hayvonot va o‘simliklar dunyosini muhofaza qilish borasida tizimda sezilarli ishlarga qo‘l urilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining tashabbusi bilan 2020 yilning may oyi«Brakonerlikka qarshi kurash oyi» deb e’lon qilinishi ushbu fikrimizni tasdiqlaydi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat inspektsiyasi, Milliy gvardiya hamda ichki ishlar xodimlari joriy yilning 10-may kuni qonunbuzilish holatlari va ularning oldini olish maqsadida nazorat reyd tadbirini o‘tkazdi va shu kuni qonunbuzilish holatini aniqladi. Shuningdek, Mirzaobod tumani «Do‘ngariq» MFY hududida 4 nafar fuqarolar noqonuniy baliq ovlayotgani aniqlanib, ulardan 1 ta rezina qayiq, 7 ta to‘r, 2 ta eshkak, 117 dona sazan balig‘i daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

Fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90–moddasi 4–qismi bilan 52 182 000 so‘m miqdorida o‘simlik va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori belgilandi. Hozirda aniqlangan huquqbuzarlik holatlari yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquq-tartibot organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar