Andijon viloyati: Munosabat – Ijtimoiy tarmoqlar orqali «Tulki sotaman» mavzusidagi habar-murajaat yuzasidan
06.
05. 2020
17:47
6589
Ekanadzor

2020 yil 1 may kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali «Tulki sotaman» mavzusida habar-murajaat joylashtirildi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha respublika inspektsiyasi hamda Andijon viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan mazkur masala joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish kunida tulki bolalarini Andijon viloyati Asaka shahar «Gulshan» MFY, Adirobod ko‘chasi 19-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro A.S. tomonidan joriy yil aprel oyida Asaka tumanidagi adirlik hududidan ushlab, bolalarini pullash maqsadida «@IT_OLDI_SOTTISI» telegram kanaliga e’lon berib, sotmoqchi bo‘lganligi aniqlandi. Shuningdek, tulki bolalari to‘g‘risidagi fotolavhada 2 dona ko‘rsatilganligi, joyiga borib o‘rganilganda esa, tulki bolalaridan bir donasi qochib ketganligi ma’lum bo‘ldi.

Bu haqda fuqaro A.S. dan so‘ralganda, tulki bolasi qochib ketganligi yuzasidan yozma tushuntirish xatini berdi.

Ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 92-moddasi bilan ma’muriy ish ko‘zg‘atilib, belgilangan tartibda chora ko‘rildi.
 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


Foydali manbalar