Bo‘stonliq tumani Ugom daryosining chap qirg‘og‘ida daryoning muhofaza mintaqasida qurilgan noqonuniy qurilishlar yuzasidan axborot
29.
04. 2020
18:27
5786
Ekanadzor

Davlat ekologiya qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Xumson qishlog‘i hududidan oqib o‘tgan Ugom daryosining chap qirg‘og‘ida daryoning muhofaza mintaqasida qurilgan noqonuniy qurilishlar bo‘yicha habar qoldirdi. Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari holatni o‘rganish uchun bevosita xabarda bayon etilgan manzilga chiqdilar.

O‘rganish davomida haqiqatan ham Ugom daryosining chap sohili, daryoning qirg‘oqoldi muhofaza mintaqasida «FUNNY TREVEL» MChJ tomonidan 12 ta yengil tipdagi supa (topchan) va 1 ta 10 x 8 metrli kapital qurilmalarning devor qismi qurilganligi aniqlandi.

Shu bilan birga Bo‘stonliq tuman hokimligi tomonidan «FUNNY TREVEL» MChJ suvda «RAFTING» sport turini rivojlantirish uchun yer maydoni ajratilgan bo‘lib, MChJ o‘ziga ajratilgan yer maydonidan boshqa maqsadlarda foydalanilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish kuni 12 ta yengil tipdagi supalarning (topchan) 8 tasi to‘liq buzib tashlandi va qolgan 4 ta yengil tipdagi topchan va kapital qurilish binosi devorlarini buzish ishlari boshlandi.

Bu bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi hududidagi suv ob’ektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 981-sonli qarori talablari buzilgan.

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar rasmiylashtirilib, viloyat prokuraturasiga taqdim etildi.
 

 
 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar