Bugun 22 aprel - Butunjahon Yer kuni!
22.
04. 2020
14:03
24051
Yangiliklar

Ma’lumki, Er sayyorasi vujudga kelganiga qariyb to‘rt yarim milliard yil bo‘lgan. Uning 29 foizdan ortiqrog‘i quruqlikka, qolgan qismi esa dengiz va okeanlarga to‘g‘ri keladi. Ishlov beriladigan maydonlari esa bor-yo‘g‘i 11 foizni tashkil qilishiga qaramasdan, insonlar uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining 88 foizini yetishtirib beradi. Lekin, Ona zaminimizda kechayotgan ziddiyatli jarayonlar yer tuzilmasini tobora o‘zgartirib yubormoqda.

Er muammolariga insoniyatning e’tiborini qaratish maqsadida 1970 yildan boshlab har yili 22 aprel kuni jahondagi barcha mamlakatlarda turli tadbirlar va aktsiyalar o‘tkaziladi. Shu bois, BMT Bosh Assambleyasi 22 aprel sanasini Butunjahon Yer kuni deb e’lon qilib, uni nishonlashga qaror qildi.

Shu kuni turli mamlakatlarda insonlarni sayyoramiz yagonaligini his etish, barcha kuchlarni dunyoda xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro tinchlikni saqlash va barcha insonlarning yagona uyi hisoblangan Yerni himoya qilishga chorlaydi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar