Surxondaryo viloyatida Qizil kitobga kiritilgan 2 bosh Buxoro qo‘yi va 1 dona bo‘ri topildi
24.
03. 2020
18:33
6457
Yangiliklar

Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda viloyat IIB bilan birgalikda 2020 yil 23 mart kuni o‘tkazilgan qo‘shma tadbir davomida Sho‘rchi tumani «Joyilma» mahallasida yashovchi fuqaroning o‘zi bergan xabariga ko‘ra, uning uyida saqlanayotgan Qizil kitobga kiritilgan ikki bosh Buxoro qo‘yi va tumanning «Xushchekka» mahallasida yashovchi fuqaroning uyida saqlanayotgan bir bosh bo‘ri ko‘ngilli ravishda fuqarolardan olinib, ularning xavfsiz va doimiy nazoratda bo‘lishini ta’minlash maqsadida belgilangan tartibda Termiz hayvonot bog‘iga topshirildi.

Buxoro qo‘yi O‘zbekiston va Jahon Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, ushbu tur butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur hisoblanadi.
 


 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar