Buxoroda onlayn kameralar orqali belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash holatlari aniqlandi
02.
05. 2024
16:00
1244
Yangiliklar

Ekologiya vazirligining Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan Buxoro viloyatida oʻrnatilgan onlayn kuzatuv kameralari orqali belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog‘liq huquqbuzarliklar aniqlanib, chora ko‘rilmoqda.

Jumladan, Buxoro shahridagi “H.Olimjon” va “Shirbudin” mahalla fuqarolar yigʻinlari hududida oʻrnatilgan kuzatuv kameralarida besh nafar fuqaro tomonidan bir necha joylarga noqonuniy chiqindi tashlab ketilgani qayd etilgan. 

Yuqoridagi holatlar yuzasidan har bir huquqbuzarga MJtKning 91prim 1-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 1 barobari — 340 ming so‘mdan jarima belgilandi.

Ma'lumot uchun, ayni damda Buxoroda 20 ta onlayn kuzatuv kameralari mavjud. Bu kameralar nafaqat belgilanmagan joyga chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlab, bartaraf etishga imkon beradi.

Foydali manbalar