Buxoroda 5 ta onlayn kuzatuv kamerasi ishga tushirildi
24.
04. 2024
11:39
1859
Yangiliklar

Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan Buxoroda 5 ta onlayn kuzatuv kamerasi o‘rnatildi. 

Bu kameralar Buxoro shahrining "B.Naqshband", "Sherbuddin", "Mehtar Ambar", "A.Jomiy" ko‘chalari hamda Kogon tumanidagi "Qizil gul" massivida ishga tushirildi. Shuningdek, viloyat bo‘yicha jami 20 ta kuzatuv kameralari joylashtirilmoqda. Bu kameralar yon-atrofni 360 darajada tasvirga oladi.

Ma'lumot uchun, ayni damda onlayn kuzatuv kameralari Andijon, Namangan, Sirdaryo, Samarqand, Surxondaryo, Jizzax, Buxoro, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida mavjud bo‘lib, yil oxiriga qadar respublikamizning qolgan hududlarida ham o‘rnatish rejalashtirilgan. Kameralar nafaqat belgilanmagan joyga chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham o‘z vaqtida aniqlash va chora ko‘rish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganlik uchun fuqarolarga BHMning 1-3 baravari (340 ming so‘mdan 1 million 20 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa BHMning 10-20 baravari (3 million 400 ming so‘mdan 6 million 800 ming so‘mgacha) miqdorida jarima belgilangan.

Foydali manbalar