Qashqadaryoda noqonuniy ovga chek qo’yildi
23.
04. 2024
16:50
1664
Yangiliklar

Dehqonobod tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi xodimlari tomonidan Dehqonobod davlat o'rmon xo'jaligi hududida navbatdagi reyd tadbiri o'tkazildi.

Reyd davomida o'rmon xo'jaligining Boshchorbog', To'rtko'l o'rmon bo'limiga tutash hududidan o'tgan so'qmoq yo'lida Dehqonobod tumani “Chashmaimiron” MFYda yashovchi fuqaro M.R. hech qanday hujjatsiz 1 dona qurol bilan ov qilib yurganligi aniqlandi.

Huquqbuzar davlat inspektorlari tomonidan tuzilgan dalolatnomaga qo’l qo’ymasdan, voqea joyidan ketib qolgan. Unga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar va ashyoviy dalilar qonuniy to’xtamga kelish uchun tuman IIBga jo’natildi.

Shuningdek, huquqbuzar tomonidan ovlangan kaklik tabiat bag’riga qo’yib yuborildi. 1 ta qurol, 5 ta patron, 1 ta bo’sh gilza, ta spirt qutisida porox va qo'rg'oshin esa ashyoviy dalil sifatida qonuniy to'xtamga kelingunga qadar olib qo'yildi.

Foydali manbalar