Toshkentda xalqaro tanlovlar uchun Wiki-fototrening tashkil etiladi
14.
03. 2024
15:38
1349
Yangiliklar

2024-yilning 6–7-aprel kunlari Toshkent shahrida Wiki-fototrening boʻlib oʻtadi, unda har bir kishi ishtirok etishi mumkin.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston o‘tgan yili “Wiki loves Earth" (Viki Yerni sevadi) va “Wiki loves monuments" ("Viki yodgorliklarni sevadi") xalqaro fototanlovlarida ilk bor ishtirok etgan edi va bu yil ham qatnashadi. Musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Toshkentda ilk bor Wiki fototrening o‘tkaziladi.

"Wiki loves Central Asia" ("Viki Markaziy Osiyoni sevadi”) guruhi tomonidan oʻzbek tilida soʻzlashuvchi Vikimediachilar guruhi va Oʻzbekiston yoshlar agentligi koʻmagida tashkil etiladigan trening nazariy va amaliy bilimlar beriladigan 4 ta alohida kurs: fotografiya asoslari, me'moriy fotografiya, tabiat fotosurati va rasmlarni qayta ishlash kurslaridan iborat.

Quyidagi havola orqali treningga yozilishingiz va qo'shimcha ma'lumot olishingiz mumkin:
https://meta.wikimedia.org/wiki/Wiki_Photo_Workshop_2024_in_Tashkent/ru

Foydali manbalar