Endi daraxt kesgan yuridik shaxslarga moliyaviy sanksiyalar qo’llaniladi
02.
03. 2024
09:56
1933
Yangiliklar

Endi daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga, ularga shikast yetkazishga olib keladigan loyiha hujjatlarini ishlab chiqish ma’muriy javobgarlikka sabab bo’ladi. 

Bu Prezident tomonidan imzolangan “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonunda belgilab qo’yilgan. 

Qonunga ko’ra, shuningdek, daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik yoki shikastlantirganlik uchun maʼmuriy jazo choralari kuchaytirilib, bir-birini takrorlovchi normalar chiqarib tashlandi.

Bundan tashqari, “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunida davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini qonunga xilof ravishda kesgan yoki yoʻq qilgan shaxslarning aynan daraxt va butalar kesilgan joyda kompensatsiyaviy daraxtlar ekishi majburiyati belgilandi. Qolaversa, ekilgan daraxtlarni 3 yil davomida parvarish qilishadi.

Bundan tashqari, daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini qonunga xilof ravishda kesgan yoki yoʻq qilgan yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.

Qonun 2024-yil 1-martdan kuchga kirdi.

Foydali manbalar