"Ugom-Chotqol" inspektorining birinchi kitobi chop etildi
28.
02. 2024
11:59
1033
Yangiliklar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog’ida Bo’stonliq tumani Tabiatni qo’riqlash bo’yicha inspeksiya boshlig’i Xursand Matkarimovning “Tog’larga tutash taqdirlar” nomli kitobi taqdimoti o’tkazildi. 


Ma'lumot uchun, Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda nashrga tayyorlangan va chop etilgan kitobda inspektor faoliyati qanchalik mas'uliyatli va mashaqqatli ekanligi tasvirlangan. 

Muallif oʻzining birinchi kitobini “Togʻlarga tutash taqdirlar” deb nomlagani bejiz emas. Taqdimotda yozuvchi oʻzi koʻrgan, bilgan tabiat, hayvonot dunyosiga oid voqea-hodisalarni qalamga olgani ta'kidlandi. Shuningdek, kitob oʻquvchi ko‘z o‘ngida Chotqol etaklaridagi g‘aroyib, qiziqarli manzaralarni aks ettirishi qayd etildi.

Taqdimot so‘ngida ishtirokchilarga kitoblar tarqatildi.

Foydali manbalar