Oʻzbekistonning Atrof-muhit holati toʻgʻrisidagi Milliy hisoboti COP14'da taqdim etiladi
10.
02. 2024
18:41
716
Yangiliklar

13-fevral kuni Samarqandda CMS COP14 doirasida barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, jamoatchilik xabardorligini oshirish va atrof-muhitni muhofaza qilishga bag‘ishlangan yordamchi tadbir bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda Ekologiya vazirligining yangi nashrlari – O‘zbekiston Respublikasining Atrof-muhit holati to‘g‘risidagi Milliy hisoboti va uning tasviriy sharhi, FAOning Oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish boʻyicha qoʻllanmasi va Oʻzbekistonda ekoturizmni rivojlantirish va ekologik barqarorlik boʻyicha taqdimot: Turoperatorlar, mahalliy hokimiyat organlari va tashrif buyuruvchilar uchun maslahatlar taqdim etiladi.

Atrof-muhit holati to‘g‘risidagi Milliy hisobot mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ekologik vaziyat va tendensiyalarni aks ettiruvchi keng qamrovli hujjatdir. Shuningdek, u tegishli siyosiy ustuvorliklar, strategiyalar va atrof-muhit muammolarini hal qilish bo'yicha harakatlar yo'nalishini belgilaydigan boshqa hujjatlarning umumiy ko'rinishini taqdim etadi.

Taqdimotda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya vaziri A.Abduhakimov, BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, UNEP Ijrochi direktori I. Andersen, milliy vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari va COP-14 ning boshqa delegatlari ishtirok etadilar. 

Vaqti: 16:00
Joyi: "Snow leopard" zali, Congress Centre

Foydali manbalar