O‘zbekistondagi yovvoyi hayvonlarning ko‘chmanchi turlari: Lochin
31.
01. 2024
12:19
1931
Yangiliklar

Lochin — dunyoda keng tarqalgan yirtqich qush. "Falco" ilmiy nomi bo‘lib, "o'roq" degan ma'noni anglatadi, bu parvoz paytida qanotlari yarim oy shakliga kirishiga ishoradir.

Oʻzbekiston hududida lochinlar oilasiga mansub qushlarning bir qancha turlari yashaydi. Ulardan hind itolg‘isi, jig‘oltoy, turumtoy, kobchik, miqqiy, kuyka (cho‘l miqqiysi), itolg‘i, lochin va mallabosh lochin (Sahro lochini)   uchraydi. Oxirgi 4 tasi O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlab qolish boʻyicha Konvensiya ishtirokchilari konferensiyasining 14-yigʻilishi (CMS COP14) doirasida 15-fevral kuni “Lochinlarni saqlab qolish boʻyicha global harakatlar rejasi” muhokama qilinadi.

Foydali manbalar