Yurtimizdagi barcha muhofaza hududlarida yovvoyi hayvonlar uchun ozuqa mahsulotlari qoʻyib chiqilmoqda
30.
01. 2024
11:27
2286
Yangiliklar

Bugungi kunda yurtimizdagi barcha muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda qish faslida yovvoyi hayvonlarning ozuqa topishini osonlashtirish maqsadida turli biotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, “Surxon” davlat qoʻriqxonasidagi barcha boʻlimlarning oziqlanish nuqtalariga kepak, 5 tonna tuz, “Hisor” davlat qoʻriqxonasida 1650 bogʻ dagʻal xashak, Bobotogʻ milliy tabiat bogʻida 50 bogʻ dagʻal xashak, Yuqori Toʻpalang milliy tabiat bogʻida 500 bogʻ dagʻal xashak, tuz, kepak kabi mahsulotlar kerakli joylarga qoʻyilmoqda.

Bundan tashqari, yovvoyi hayvonlarga Zomin milliy tabiat bogʻida arpa, kepak, tuz, 1000 bogʻ dagʻal xashak, Nurota davlat qoʻriqxonasida arpa, beda, tuz, Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasida 1 tonna tuz, 1 tonna kepak va 100 bogʻ dagʻal xashak, Xorazm milliy tabiat bogʻida tuz, arpa, 5 tonna kepak va 200 bogʻ dagʻal xashak, Qizilqum davlat qoʻriqxonasida kepak, omuxta yem, tuz, 400 bogʻ dagʻal xashak berilmoqda.

Qolaversa, Saygachiy majmua landshaft buyurtma qoʻriqxonasida 20 bogʻ dagʻal xashak, "Borsakelmas" davlat buyurtma qoʻriqxonasida bugʻdoy, kepak, tuz, Zomin davlat qoʻriqxonasida arpa, kepak, pichan, tuz, Omonqoʻton milliy tabiat bogʻida qushlar uchun don, Orolqum milliy tabiat bogʻida 500 kg makka doni, 300 bogʻ dagʻal xashak,  Zarafshon milliy tabiat bogʻida 100 dona presslangan somon va beda, 10 tonna kepak, Janubiy Ustyurt milliy tabiat bogʻida kepak va dagʻal xashak, "Ugom-Chotqol" milliy tabiat bogʻida 500 kg bugʻdoy, 100 kg arpa, 300 kg omuxta yem, 38 kg tuz,  Orolboʻyi milliy tabiat bogʻida bugʻdoy, kepak, tuz va 600 bogʻ dagʻal xashak, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatida omuxta yem, 1100 bogʻ dagʻal xashak, Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigida arpa, beda, sabzi ildiz mevasi kabi mahsulotlar yoyib chiqilgan.

Shuningdek, "Oqtogʻ-Tomdi" davlat qoʻriqxonasida 150 bogʻ dagʻal xashak, 250 kg omuxta yem, "Sudochye Akpetki" buyurtma qoʻriqxonasida 2 tonna kepak, 250 dona presslangan somon va beda, Markaziy Qizilqum milliy tabiat bogʻida 2 tonna arpa, somon va presslangan beda, 300 kg tuz, Pop milliy tabiat bogʻida esa kepak, tuz, beda hamda bugʻdoy mahsulotlari yovvoyi hayvonlar uchun qulay hududlarga joylashtirilmoqda. 

Biotexnik tadbirlar kunlar ilib, yovvoyi hayvonlarning tabiiy yashash sharoiti yaxshilanguniga qadar davom ettiriladi.

Foydali manbalar