Toshkent viloyatida mavsumdan tashqari noqonuniy ov qilish holatlari aniqlandi
29.
01. 2024
14:53
1892
Yangiliklar

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbirlari o’tkazildi. Reyd davomida fuqaro J. X. tomonidan ov qilish taqiqlangan vaqtda noqonuniy tarzda 2 ta qirgʻovul ovlanganligi aniqlandi. 

Ma'lumot uchun, «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, joriy yilning 1-yanvaridan Toshkent viloyatida yovvoyi hayvonlar va qushlar uchun ov mavsumi yakunlangan. 

Holat  yuzasidan huquqbuzarga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, MJtKning 90-moddasi 4-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Ishga oid hujjatlar Toshkent viloyati Chinoz tumani sudiga yuborildi. Ov quroli esa sudning yakuniy qaroriga qadar Chinoz tuman Ichki ishlar bo‘limiga vaqtincha topshirildi. 

Unutmang! 

Ta'qiqlangan vaqtda ov qilish qonunga ko‘ra qat'iy jazolanadi. “Ov qilish va ovchilik xo'jaligi to'g'risida”gi Qonunga ko‘ra, bu kabi holatlarda huquqbuzarlar tegishli tartibda javobgarlikka tortiladi hamda 3 yildan 5 yilgacha ovchilar safidan chetlashtiriladi.

Foydali manbalar