Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan hamkorlikda yangi loyiha eʼlon qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan 2024-yil 1-yanvardan boshlab Nukus shahrida ichimlik suvidan foydalanish boʻyicha koʻp qavatli uylar oʻrtasida “Tejamkor uy” va “Tejamkor xonadon” reyting tizimi ishga tushiriladi. Maqsad ichimlik suvidan oqilona foydalanish va tejashdir.
Reyting natijalariga ko'ra eng kam suv ishlatgan 20 ta xonadon va 20 ta koʻp qavatli uy ragʻbatlantiriladi. Xususan, gʻoliblarning xonadonlariga quyosh panellari yoki uy atrofini yoritish moslamalari bepul oʻrnatib beriladi.
Unutmang! Har qanday tabiiy resursning ham oxiri bor. Shunday ekan, suvdan tejamkorlik bilan foydalaning.