Toshkentda yoshlar bilan ekologiya va turizm sohasi muhokama qilinadi
20.
12. 2023
18:06
1874
Yangiliklar

Ertaga, 21-dekabr kuni "Yoshlar ijod" saroyida Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va faol yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv davomida "Ekologiya — yosh rassomlar nigohida" ko'rgazmasi, "Yosh ekologlar va turizm faollari" forumining ochilishi, ekofaollarni taqdirlash marosimi va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

Tadbirdan maqsad yoshlarning ekologiya va turizm sohasidagi ahamiyati yuqori ekanligini yana bir bor e'tirof etish, ularning ekologik ong va madaniyatini yuksaltirish, yoshlarning dolzarb ekologik muammolarga samarali yechim izlash va turizm sohasini keng rivojlantirish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir.

Foydali manbalar