"Qizilqum" davlat qo'riqxonasi yovvoyi hayvonlarga qulaylik yaratish uchun muzdan tozalanmoqda
15.
12. 2023
11:00
1479
Yangiliklar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi tasarruffidagi  "Qizilqum" davlat qo'riqxonasi hududi muzdan tozalanmoqda.  Maqsad qo‘riqxona yashaydigan yovvoyi hayvonlarning suv ichishlari uchun qulaylik yaratishdir.

Ta'kidlash joizki, "Qizilqum" qo‘riqxonasi hududida keskin kontinental iqlim hukmronlik qiladi. Havo harorati kuzda keskin pasayadi va qish barqaror uch oy davom etadi. 

Ma'lumot uchun, qo‘riqxona hududida 36 tur sut emizuvchi, 266 tur qushlar, 29 tur sudralib yuruvchilar, 25 tur baliqlar sinfiga mansub jonzotlar uchraydi. 45 tur hayvon O‘zbekiston "Qizil kitobi"ga kiritilgan. Bug‘oro bug‘usi, jayron, qoraquloq va uzun ninali tipratikan kabi 20 tur noyob hayvonlar esa TMXI "Qizil ro‘yxati"dan ham joy olgan.

]

]

Foydali manbalar