Surxondaryoda yana 15 ta onlayn kuzatuv kameralari o‘rnatildi
13.
12. 2023
14:54
1933
Yangiliklar

Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan Surxondaryoga 15 ta onlayn kuzatuv kameralari olib kelinib, aholi zich joylashgan va noqonuniy chiqindixonalar hosil bo‘ladigan hududlarga o‘rnatildi. 

Ma'lumot uchun, dastlab Termiz shahrida 10 ta hududda onlayn kuzatuv kameralari o’rnatilgan edi. 

Bugungi kunda kelib Surxondaryo, Andijon, Sirdaryo, Namangan, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida onlayn kuzatuv kameralari faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, respublikamizning boshqa hududlarida ham shunday kameralar qo'yiladi.

Ta'kidlash joizki, bu kameralar nafaqat belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham o‘z vaqtida aniqlab, chora ko‘rish imkonini beradi. Maqsad atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, ekologik huquqbuzarliklarni bartaraf etishdir.

Foydali manbalar