Xotin-qizlar faolligini yanada oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda
06.
12. 2023
18:05
1377
Yangiliklar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligida 25-noyabr — Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan “Zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik” aksiyasi doirasida tadbir tashkil etildi. 

Vazirlik, hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari masʼullari va xotin-qizlar boshlangʻich tashkilot raislari ishtirok etgan tadbirda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Nodira Karimova mamlakatimizda keyingi yillarda ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish masalasiga alohida eʼtibor berilayotgani haqida soʻz yuritdi. 

Tadbirda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini, gender tenglikni taʼminlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar ayollarning bugungi jamiyatdagi oʻrni, oila munosabatlari, yosh qizlarni oilaga tayyorlash, ularning huquqlarini himoya qilish, ayollar jamiyatning faol aʼzosi ekanligi mavzulariga ham toʻxtalib oʻtdilar.

Foydali manbalar