Namanganda o'rnatilgan kuzatuv kameralari yordamida navbatdagi huquqbuzarga chora ko'rildi
29.
11. 2023
14:57
886
Yangiliklar

Namangan viloyati, Namangan shahrida chiqindi tashlash bilan bog‘liq huquqbuzarlik aniqlandi. Holat Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan "Ilg'or" MFY hududida o'rnatilgan kuzatuv kameralariga muhrlandi.

O‘rganish natijasida belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan huquqbuzar fuqaro O. X. ekanligi ma'lum bo‘ldi. Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91Prim 1- moddasi 1-qismiga ko‘ra ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. O. X. bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari — 330 000 so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Unutmang! Atrof-muhit tozaligi uchun barchamiz birdek mas'ulmiz.

Foydali manbalar