Noqonuniy qum-shag‘al qazib olish natijasida tabiatga 35 milliard so‘mga yaqin zarar yetkazildi. Hujjatlar Bosh prokuraturada
23.
11. 2023
13:01
2952
Yangiliklar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi. 

Toshkent shahri, Bektemir tumanidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi hududida olib borilgan nazorat tadbiri davomida daryoning qirg‘og'idagi muhofaza mintaqasida (damba) 1 dona ekskavator va 2 dona “ChAKMAN” rusumli yuk tashuvchi transport vositalari yordamida qum-shag‘al mahsulotlarini qazib olinib, ushbu hududda joylashgan tosh maydalash va qayta ishlash sexiga tashib olib ketilayotganligi aniqlandi.

Ekologiya vazirligi huzuridagi “Yashil loyiha” loyihalash instituti mutaxassislarini jalb qilgan holda qum-shag‘al mahsulotlari qazilgan joyda o‘lchov ishlari olib borildi. Natijada jami 57 833,53 m3 qum-shag‘al mahsuloti noqonuniy qazib olingani, bu bilan tabiatga 34 milliard 718 million 624 ming 729 so‘m zarar yetkazilganligi ma'lum bo‘ldi.  

Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni 18-moddasi hamda “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi qonuni 18-moddasi talablari buzilgan.

Holatga huquqiy baho berish, aybdorlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish va tabiatga yetkazilgan zararni undirishda maqsadida to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroraturasiga yuborildi.

Foydali manbalar