WLM xalqaro fototanlovida O‘zbekiston madaniy merosiga oid 4 mingga yaqin fotosuratlar taqdim etildi
10.
11. 2023
19:10
2318
Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi koʻmagida oʻzbekzabon "Wikimedia" guruhi va rus Vikigidlar hamjamiyati tomonidan Oʻzbekistonda ilk bor tashkil etilgan "Wiki loves monuments" xalqaro fototanlovining dastlabki natijalari ma'lum qilindi.

Ma’lumot uchun, "Wiki loves monuments" (WLM) — sentabr-oktyabr oylarida turli mamlakatlardagi Vikimediachilar tomonidan o‘tkaziladigan yillik xalqaro fototanlov bo‘lib, maqsad tarixiy madaniy merosga e’tibor qaratishdir.

Ta'kidlash joizki, yurtimizdagi ishtirokchilar ushbu tanlovga katta qiziqish bildirishdi. O‘zbekistonda o‘tkazilgan fototanlov doirasida 59 nafar foydalanuvchi "Wikimedia Commons"ga 3950 ta rasm, jumladan, mamlakat madaniy merosining noyob yodgorliklari suratlarini joylashdi. Tanlovda O‘zbekiston 46 ishtirokchi davlat orasida 14-o‘rinni egalladi.

Hozirda xalqaro hakamlar hay'ati tomonidan rasmlarni baholashning birinchi bosqichi boshlangan. Natijalar tez orada quyidagi havola orqali e'lon qilinadi:

https://commons.wikimedia.org/wiki/Commons:Wiki_Loves_Monuments_2023_in_Uzbekistan/Results

Foydali manbalar