Shavkat Mirziyoyev kuzgi daraxt ekish mavsumini boshlab berdi
04.
11. 2023
22:20
2676
Yangiliklar

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi “Oqtepa” va “Bog‘zor” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrifi chog‘ida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi daraxt ko‘chatlari ekish mavsumini rasman boshlab berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati



Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma’lumot uchun, yurtimizda “Yashil makon” umummilliy harakati boshlanganiga 2 yil bo‘ldi. Shu davrda 1200 gektardan ortiq yam-yashil bog‘ va istirohat bog‘lari, ko‘cha va yo‘laklar bo‘ylab 1 million gektardan ortiq yashil maydon barpo etildi. Joriy yilning kuzgi daraxt ekish mavsumi 25-oktyabrdan 1-dekabrgacha davom etadi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan ko‘chatlar ekish, yashil maydonlarni ko‘paytirish katta harakatga aylanmoqda. Joriy yilning kuzida 85 million tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan. O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan har bir mahallaga 200 tupdan ko‘chat bepul yetkazib beriladi. Shuningdek, 15-oktabrdan boshlab barcha tuman va mahallalarda ko‘chatlar yarmarkalari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Fransiya Prezidentining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida ikki davlat rahbarlari — Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng birgalikda daraxt ko‘chati o‘tqazgan edi.

Ta'kidlash joizki, daraxt ekish an'anasi bugungi kunda har qachongidan ham dolzarbdir. Mamlakatimizda xalqaro tashkilotlar va xorijiy delegatsiyalar ishtirokida o‘tkazilayotgan aksariyat tadbirlar an’anaviy tarzda ko‘chat ekish bilan yakunlanayotgani aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishga bevosita xizmat qilmoqda.

Arnasoy tumanida olib borilayotgan ishlar samarasida bugunga kelib dalalar atrofi, ariqlar va magistral yo‘llar, 13 mahalla fuqarolar yig‘inida hududning iqlim sharoitiga mos 12 ming 300 tup daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida ayni paytda 4 ming tup saksovul ko‘chati ekilmoqda. Jarayon faol davom etmoqda.

Bundan tashqari, respublikamizning barcha hududlarida “Yashil makon” loyihasi doirasida “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasi o‘tkazilmoqda. Butun kuzgi daraxt ekish davrida viloyat va tuman ekologiya boshqarmalari mutaxassislari tomonidan har bir hududda daraxt ko‘chatlarini ekish va parvarish qilish bo‘yicha aholiga zarur tavsiyalar berish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Ta’kidlab o‘tamizki, daraxt ekish o‘zbek xalqining olijanob qadriyatidir. Shunday ekan, Siz ham mazkur ezgu ekologik harakatga befarq bo‘lmang va daraxt ekish orqali sog‘lom kelajakka hissa qo‘shing!

Foydali manbalar