Toshkentda ekologik audit boʻyicha shartnoma asosida oʻquv kurslari tashkil etilmoqda
03.
11. 2023
14:33
2112
Yangiliklar

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti huzuridagi Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan ekologik audit boʻyicha shartnoma asosida oʻquv kurslari tashkil etilmoqda. 

Bu Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ekologik audit sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2023-yil 19-avgustdagi 402-son qaroriga asosan amalga oshirilmoqda.

Ekologiya vazirligining “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat muassasasi bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan ushbu oʻquv kurslari joriy yilning 13-noyabridan boshlanadi.

Foydali manbalar